O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidentini Qurultoyga saylovlarning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan telefon orqali tabrikladi

Avgust 24, 2026. 11:52 • 2 daq

17
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidentini Qurultoyga saylovlarning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan telefon orqali tabrikladi

TOSHKENT, 24-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra,suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Qozog‘iston Prezidentini mamlakat tarixida ilk marotaba bir palatali Qurultoyga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

Yangi Qurultoy Qozog‘istonda izchil islohotlarni yanada ilgari surishda muhim omil bo‘lishi, keng ko‘lamli o‘zgarishlarni qonunchilik jihatidan samarali taʼminlashi va mamlakatning barqaror rivojlanishiga yangi surʼat bag‘ishlashiga ishonch bildirildi.

Suhbat davomida davlat rahbarlari O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, transport-logistika aloqalarini rivojlantirish hamda ikki mamlakat hududlari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashdilar.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish