O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari yangi qo‘shma loyihalarga start berdi
Avgust 23, 2026. 18:10 • 2 daq
• 18
TOSHKENT, 23-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun qo‘shma loyihalarga start berish marosimida ishtirok etdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.
Marosim doirasida bank sohasidagi hamkorlik, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish, taʼlim muassasalarini tashkil etish, avtomobillarga yoqilg‘i quyish infratuzilmasini barpo etish, yirik turistik va turar joy majmualarini qurish, mineral xomashyoni qayta ishlash va bog‘dorchilikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi qo‘shma loyihalarga start berildi.
Tadbir ishtirokchilari hududlardagi loyiha maydonlaridan onlayn aloqaga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdilar.
Yangi qo‘shma loyihalar ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi kooperatsiyani yanada kengaytirish, o‘zaro investitsiyalar hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilishi qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi