Novosibirskda vatandoshlarga mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tushuntirish berildi

Sentabr 20, 2026. 12:00 • 56 soniya

39
Novosibirskda vatandoshlarga mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tushuntirish berildi

NOVOSIBIRSK, 20-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakilligi hamkorligida Novosibirskda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat davomida vatandoshlarga konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Xususan, ish beruvchilar tomonidan ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnat huquqlariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolarga ish haqi asossiz kechiktirilgan taqdirda zudlik bilan Bosh konsulxona yoki Migratsiya agentligi vakilligiga murojaat qilish zarurligi tushuntirildi. Bu kabi murojaatlar bo‘yicha huquqiy yordam va amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Bosh konsulxona tomonidan zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida doimiy ko‘mak ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv doirasida bir nafar hamyurtimizga tezkorlik bilan moddiy yordam ko‘rsatildi. Yana bir yurtdoshimizga O‘zbekistonga qaytish uchun sertifikat berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish