Qashqadaryoda britaniyalik vatandosh tadbirkor sarmoyasi hisobiga kichik gidroelektrostansiya qurib bitkazildi

Sentabr 05, 2026. 10:30 • 2 daq

126
Qashqadaryoda britaniyalik vatandosh tadbirkor sarmoyasi hisobiga kichik gidroelektrostansiya qurib bitkazildi
Qashqadaryoda britaniyalik vatandosh tadbirkor sarmoyasi hisobiga kichik gidroelektrostansiya qurib bitkazildi

SHAHRISABZ, 5-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi tomonidan Buyuk Britaniyada istiqomat qilayotgan vatandosh tadbirkorlarning investitsiyaviy salohiyatini mamlakatimiz iktisodiyotini rivojlantirishga keng jalb etish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, vatandoshimiz, Britaniyaning fintex yo‘nalishidagi “Moneff” kompaniyasi rahbari Sanjar Mavlyanov tomonidan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida umumiy qiymati 3 million AQSH dollari bo‘lgan, quvvati 3,5 MVtlik kichik gidroelektrostansiya barpo etish loyihasi yakuniga yetkazildi.

Mazkur loyiha hududning mavjud gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, loyiha mahalliy infratuzilmani rivojlantirish va yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratish nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda ushbu energetika obyektini belgilangan tartibda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ayni paytda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona tarmoqqa uzatish uchun zarur infratuzilmani barpo etish va tegishli texnik ishlarni yakunlash bosqichi olib borilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish