“Al-Awsat International News” Misr OAV: Samarqandda yosh parlamentariylar konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda
Sentabr 05, 2026. 11:00 • 2 daq
• 10
QOHIRA, 4-sentabr. /“Dunyo” AA/. Misrning “Al-Awsat International News” axborot portalida 2026 yil 4–6 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoq (IPU)ning Yosh parlamentariylar XII global konferensiyasiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda taʼkidlanishicha, “Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklash yo‘lida” shiori ostida o‘tkaziladigan mazkur anjumanda 183 davlat va 15 xalqaro tashkilotdan 300 nafarga yaqin delegat hamda 50 nafar doimiy kuzatuvchi ishtirok etmoqda.
Tadbir dasturiga kiritilgan yig‘ilishlarda ishtirokchilar zamonaviy dunyoda yoshlarning holati va huquqlariga oid eng dolzarb masalalarni muhokama qiladi.
Konferensiyada ziddiyatlar va raqamli transformatsiya sharoitida yoshlar huquqlarini himoya qilish, ularning siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini taʼminlash hamda xotin-qizlar va yoshlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Muhokamalar ishchi guruhlar, treninglar va muloqot forumlari kabi interaktiv shakllarda tashkil etilib, yosh parlamentariylar o‘rtasida amaliy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi