Xitoyning Guandun provinsiyasida O‘zbekiston yoshlari uchun taʼlim va madaniy dastur tashkil etildi
May 18, 2026. 19:55 • 58 soniya
• 47GUANCHJOU, 18-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi delegatsiyasi Xitoyning Guanchjou va Shenchjen shaharlarida tashkil etilgan taʼlim va madaniy dasturda ishtirok etdi, deb xabar beradi IA “Dunyo” muxbiri.
Dastur davomida ishtirokchilar sunʼiy intellekt bo‘yicha o‘quv kurslarida, kalligrafiya darslarida, sport va madaniy tadbirlarda qatnashdi. Shuningdek, ular taʼlim muassasalari, madaniy obyektlar, innovatsion taʼlim va qishloq xo‘jaligi markazlariga tashrif buyurdi.
Xususan, “Gaoxin Education Group” va “Hengli Experimental School” taʼlim muassasalaridagi uchrashuvlar doirasida Xitoy taʼlim tizimida amaliy yondashuvlar, yoshlar rivoji va xalqaro hamkorlik tashabbuslari haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.
Tadbir ishtirokchilari yoshlar diplomatiyasi va taʼlim sohasidagi hamkorlik orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p yillik do‘stlik munosabatlarini yana-da mustahkamlash muhimligini taʼkidladi.
Dastur so‘nggida delegatsiya aʼzolariga sertifikat tantanali tarzda topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi







