Britaniyaning yangi savdo komissari O‘zbekistonga ilk tashrifini amalga oshirdi

May 18, 2026. 17:25 • 2 daq

68
Britaniyaning yangi savdo komissari O‘zbekistonga ilk tashrifini amalga oshirdi

LONDON, 18-may. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyaning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yangi tayinlangan savdo komissari Devid Rid O‘zbekistonga ilk tashrifini amalga oshirdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida u O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov bilan uchrashdi. Uchrashuvda iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev hamda transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev ham ishtirok etdi.

Suhbat jarayonida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni taʼminlash masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida xususiylashtirish jarayonlari va xalqaro kapital bozorlariga kirishni kengaytirish, yashil inklyuziv rivojlanish jamg‘armasi (GIG Fund) doirasida hamkorlik, kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, venchur kapital bozori faoliyatini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, xususiy sektor faoliyatini kengaytirish, innovatsion startap loyihalarni moliyalashtirish hamda logistika va transport infratuzilmasini takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Britaniya tomoni mazkur infratuzilma loyihalari iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, logistika samaradorligini oshirish va hududlararo integratsiyani mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish va konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish