Kolumbiyada joriy asrdagi eng kuchli zilziladan so‘ng milliy ofat holati eʼlon qilindi

Avgust 11, 2026. 10:30 • 2 daq

64
Kolumbiyada joriy asrdagi eng kuchli zilziladan so‘ng milliy ofat holati eʼlon qilindi

TOSHKENT, 11-avgust. /“Dunyo” AA/. Kolumbiyada 10-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:34da (Toshkent vaqti bilan 17:34da) mamlakat g‘arbida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, oqibatda o‘nlab odam vafot etgandan so‘ng davlatda milliy ofat holati eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Reuters” agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, zilzila natijasida binolar vayron bo‘lgan, ko‘plab shifoxona va boshqa infratuzilmalarga zarar yetgan. Buning oqibatida odamlar esa vayronalar ostida qolib ketgan. Ushbu ofat mamlakatda joriy asrda yuz bergan eng kuchli zilziladir.

“Milliy hukumat odamlar hayotini saqlab qolish, jabrlangan hududlarga yordam ko‘rsatish va zarur joylarga ko‘mak yetkazish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soldi”, ­­­­ dedi mamlakat prezidenti Abelardo de la Esprielya.

AQSh Geologiya xizmati 7,4 magnitudali zilzila 107 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lganini maʼlum qildi. Kolumbiya geologiya xizmati bu XXI asrda mamlakatda qayd etilgan eng kuchli zilzila ekanini taʼkidladi.

“BBC” surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish