O‘zbekiston Bosh konsuli Kuzbassda davolanayotgan vatandosh holidan xabar oldi
Avgust 11, 2026. 09:00 • 2 daq
• 88
LENINSK-KUZNETSKIY, 11-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsuli Aslam Akbarov Kuzbass klinik konchilar salomatligini muhofaza qilish markazining neyroxirurgiya bo‘limida davolanayotgan hamyurtimiz B.T. holidan xabar oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bosh konsul tibbiyot muassasasida bemorning ahvoli bilan tanishib, davolovchi shifokor bilan suhbatlashdi.
Shifokorning ma’lum qilishicha, vatandoshimiz balandlikdan yiqilishi oqibatida to‘rtta umurtqasi, qovurg‘alari, oyoq panjasi va tizzasidan jarohat olgan. Unga zudlik bilan umurtqa va tizza bo‘g‘imida ikkita jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, harakatlanishini barqarorlashtirish uchun zarur maxsus tibbiy moslamalar o‘rnatilgan.
Ayni paytda bemorning ahvoli barqaror bo‘lib, shifokorlar tomonidan uning hayoti uchun xavf mavjud emasligi aytilmoqda.
Shuningdek, Bosh konsulxona hamda Migratsiya agentligining Novosibirskdagi vakolatxonasi hamkorligida hamyurtimizning davolanishini O‘zbekistonda davom ettirish maqsadida uni aviareys orqali Toshkentga yetkazish choralari ko‘rilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi