TIVda Qatar Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi, Sivilizatsiyalar alyansi qo‘mitasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Sentabr 08, 2026. 16:30 • 49 soniya
• 76
TOSHKENT, 8-sentabr. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Qatar Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi, Sivilizatsiyalar alyansi qo‘mitasi raisi Ahmad bin Hasan al-Hammadiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish, o‘zaro tashriflar almashish va xalqaro anjumanlarni hamkorlikda tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni birgalikda ko‘rishga kelishib olindi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi