TIVda Jazoir elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Avgust 21, 2026. 22:30 • 54 soniya
• 52
TOSHKENT, 22-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Jazoir elchisi Jamila Ashur bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shunindek, yaqin istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar hamda dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, Jazoir elchisi Jamila Ashur 2026-yil 28-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi