O‘zbekiston delegatsiyasi Tehronda Eron birinchi vitse-prezidenti o‘rinbosari bilan uchrashdi

Avgust 19, 2026. 12:30 • 55 soniya

88
O‘zbekiston delegatsiyasi Tehronda Eron birinchi vitse-prezidenti o‘rinbosari bilan uchrashdi

TOSHKENT, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Tehronda bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev boshchiligidagi delegatsiya kecha Eron birinchi vitse-prezidenti o‘rinbosari Ali Najafiy Xo‘shrudi tomonidan qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek, O‘zbekiston-Eron hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar muntazam siyosiy muloqotni davom ettirish va ikki mamlakatning tegishli davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish muhimligini taʼkidladi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-tranzit aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish