Logo

TIVda Saudiya Arabistoni va Qatar elchilari bilan alohida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Aprel 27, 2026. 20:25 • 51 soniya

42
TIVda Saudiya Arabistoni va Qatar elchilari bilan alohida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 27-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Saudiya Arabistoni elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed va Qatar elchisi Hasan bin Hamza Hoshim bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek dolzarb mintaqaviy masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.

Tomonlar turli darajalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish