Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi Xavfsizlik bo‘yicha quyi qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Aprel 20, 2026. 20:00 • 52 soniya
• 57
TOSHKENT, 20-aprel. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi Xavfsizlik bo‘yicha quyi qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, o‘zbek tomonidan – tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov, Xitoy tomonidan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lyu Bin hamraislik qildi.
Yig‘ilishda ikki tomon xavfsizlik idoralari vakillari sohadagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar kun tartibidagi masalalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi