Germaniyaning Mayns shahrida o‘zbek diasporasining yangi uyushmasi tashkil etildi

Iyun 24, 2026. 15:00 • 2 daq

40
Germaniyaning Mayns shahrida o‘zbek diasporasining yangi uyushmasi tashkil etildi
Germaniyaning Mayns shahrida o‘zbek diasporasining yangi uyushmasi tashkil etildi
Germaniyaning Mayns shahrida o‘zbek diasporasining yangi uyushmasi tashkil etildi
Germaniyaning Mayns shahrida o‘zbek diasporasining yangi uyushmasi tashkil etildi

MAYNZ, 24-iyun. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasi ko‘magida xorijdagi o‘zbekistonliklar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan “Do‘ppi” vatandoshlar uyushmasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uyushmaning ochilish marosimi Mayns shahridagi markaziy bog‘da bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Bosh konsuli milliy an’analar va madaniy merosni asrab-avaylash, vatandoshlarning Vatan bilan aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, diaspora ichidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Tadbir doirasida madaniy dastur hamda o‘zbek milliy taomlaridan iborat dasturxon tashkil etildi. Shuningdek, bolalar uchun o‘zbek xalqining tarixi, an’analari va madaniy qadriyatlari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan turli o‘yinlar va bilimga oid tanlovlar o‘tkazildi.

Uchrashuv ishtirokchilari vatandoshlar o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni mustahkamlashga xizmat qiladigan bunday tashabbuslarga ehtiyoj katta ekanini qayd etdi. Hamyurtlarimiz birlashmaning kelgusi loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab Mayns shahrida mintaqadagi o‘zbek diasporasi vakillarining keng ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish rejalari muhokama qilindi.

“Do‘ppi” uyushmasining tashkil etilishi xorijdagi vatandoshlar institutlarini rivojlantirish va Germaniyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklarning ijtimoiy-madaniy aloqalarini mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi