O‘zbekiston–Italiya hamkorligida maxsus sayyohlik poyezdi ishga tushiriladi

Iyun 24, 2026. 15:30 • 2 daq

25
O‘zbekiston–Italiya hamkorligida maxsus sayyohlik poyezdi ishga tushiriladi

RIM, 24-iyun. /“Dunyo” AA/. Italiyaning yetakchi “Il Giornale d'Italia” nashrida “O‘zbekiston–Italiya: “Arsenale” kompaniyasining “Samarqand ekspress” loyihasi amaliy ijro bosqichiga o‘tmoqda” sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

Maqolada joriy yilning 16-iyun kuni V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida imzolangan uch tomonlama muhim kelishuv tafsilotlariga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda ilk bor Italiyada ishlab chiqarilgan yuqori shinamlikdagi (luks toifadagi) maxsus sayyohlik poyezdini ishga tushirish loyihasi rasman hayotga tatbiq etila boshlanadi.

Nashrda yozilishicha, ushbu yirik loyiha Toshkent shahrini mamlakatning dunyoga mashhur tarixiy markazlari — Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari bilan bog‘laydi. Sayyohlik poyezdi xorijlik va mahalliy sayohatchilarga Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab yuqori darajadagi qulaylik va zamonaviy xizmatlar ostida sayohat qilish imkonini beradi.

Italiya ommaviy axborot vositasi “Samarqand Ekspress” loyihasining yo‘lga qo‘yilishi nafaqat O‘zbekistonning turistik jozibadorligini yangi bosqichga olib chiqishini, balki Italiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sanoat, transport hamda madaniy-gumanitar sohalardagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashini ta’kidlagan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish