Novosibirskda o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi yodga olindi

May 16, 2026. 18:30 • 2 daq

NOVOSIBIRSK, 16-may. /“Dunyo” AA/. Novosibirskda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘linmasining Davlat ommaviy ilmiy-texnika kutubxonasi (RFA SB DOITK) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston va Novosibirsk shaharlari jamoat va ilmiy doiralari vakillari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, talabalar, vatandoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Kutubxona direktori, O‘zbekistonning Rossiyadagi turizm brendi elchisi Irina Lizunova fashizm ustidan qozonilgan umumiy g‘alabaga O‘zbekiston va Rossiya xalqlarining qo‘shgan hissasi tarixiy ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.

Qayd etilganidek, O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan 200 ga yaqin korxonaning yarmidan ko‘pi Toshkent shahri va viloyatiga joylashtirilib, jangovar texnika ishlab chiqargan, shuningdek, tanklar va artilleriya tizimlarini ta’mirlash bilan shug‘ullangan.

O‘zbekiston Bosh konsuli Aslam Akbarov respublika rahbariyati tomonidan Ikkinchi jahon urushi jang maydonlarida butun yer yuzida tinchlik hukm surishi yo‘lida jon fido qilgan ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining qahramon o‘g‘il-qizlari xotirasini saqlash va abadiylashtirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Qayd etilishicha, o‘sha paytda respublikada yashagan 6 million 800 ming nafar aholidan 1 million 950 ming nafari ushbu qonli urushda ishtirok etgan. Ulardan yarim milliondan ortig‘i jang maydonlarida halok bo‘lgan, 158 mingdan ziyodi bedarak yo‘qolgan, 60 mingdan ortig‘i esa yurtiga nogiron bo‘lib qaytgan. Urush yillarida o‘zbekistonlik 214 ming askar va ofitser jangovar orden va medallar bilan mukofotlangan bo‘lsa, ulardan 301 nafari eng oliy mukofot – Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga, 70 nafari esa uchala darajadagi “Shuhrat” ordeniga sazovor bo‘lgan.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “G‘oyat og‘ir sharoitga qaramay, xalqimiz urush hududlaridan ko‘chirib kelingan 1 million 500 mingga yaqin insonni, jumladan, ota-onasidan judo bo‘lgan 250 ming nafar yetim bolani o‘z bag‘riga olib, mehr ko‘rsatgan” degan so‘zlari keltirib o‘tildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Toshkentda joylashgan va MDH hududida yagona bo‘lgan “G‘alaba bog‘i” haqidagi yangi videorolikni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish