Seulda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi

May 12, 2026. 16:25 • 2 daq

143
Seulda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi
Seulda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi
Seulda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi

SEUL, 12-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tashabbusi bilan ushbu davlatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar o‘rtasida mini-futbol turniri tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Janubiy Koreyadagi O‘zbekistonliklar uyushmasi hamda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada jami 12 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Musobaqa keskin va murosasiz, shu bilan birga do‘stona raqobat muhitida bo‘lib o‘tdi. O‘yinlar yakunida eng kuchli jamoalar aniqlanib, ular turnir tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan diplom, kubok va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar va mehmonlar uchun milliy taomlar tortiq qilindi, ajdodlar xotirasi yodga olindi.

Elchixona vakillari ishtirokchilarni Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklab, xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash borasida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, o‘zbek diasporasini jipslashtirishda bunday sport musobaqalari va madaniy tadbirlarni muntazam o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Bu kabi sport musobaqalari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, vatandoshlar o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini mustahkamlash, shuningdek, xorijda yashayotgan fuqarolarda Vatanga daxldorlik va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish