O‘zbekistonlik tadbirkor ayollar Singapurdagi biznes-missiyada ishtirok etdi
May 16, 2026. 17:30 • 2 daq
• 40
SINGAPUR, 16-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonlik 20 nafardan ortiq tadbirkor ayol Singapurdagi biznes-missiyasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur safar “Hamroh” kompaniyasi ko‘magida tashkil etildi. Missiya davomida delegatsiya “WEConnect International APAC Summit 2026” forumida qatnashdi, shuningdek, Singapur, Avstraliya va boshqa mamlakatlar kompaniyalari vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar chog‘ida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda korporativ xaridlar tizimlarida ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Hamroh” kompaniyasi va “WEConnect International” xalqaro notijorat tashkiloti o‘rtasida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Hujjatda o‘zbekistonlik tadbirkor ayollar uchun xalqaro WBE sertifikatini olish, biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish va yangi bozorlarga chiqish kabi imkoniyatlarni kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu hamkorlik natijasida “Hamroh” kompaniyasi “WEConnect International”ning Markaziy Osiyodagi xabiga aylanadi va bu ayollar tadbirkorligini mintaqaviy darajada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




