Logo

BAAning yetakchi qurilish kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

May 09, 2026. 18:00 • 59 soniya

30
BAAning yetakchi qurilish kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

ABU-DABI, 9 may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Umid Shodiyev BAAning “Danube Group” qurilish kompaniyasi rahbari Rizvon Sojon bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida ko‘chmas mulk sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Elchixona diplomatlari O‘zbekistonda zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish va ko‘chmas mulk sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, Yangi Toshkent qurilishi loyihasi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Rizvon Sojon Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar tufayli mamlakat qisqa vaqt ichida xorijiy investorlar uchun mintaqaning eng ishonchli hamkorlaridan biriga aylanganini ta’kidladi.

1993-yilda Dubayda tashkil etilgan “Danube Group” qurilish materiallari yetkazib berish va ko‘chmas mulk sohalarida faoliyat yuritadi. Kompaniya BAAning qator muhim loyihalari, jumladan, “Burj Khalifa” va “Burj Al Arab” qurilishi uchun mahsulot yetkazib berishda ishtirok etgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish