“Yashil” iqtisodiyot sohasida O‘zbekiston–Xitoy hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi
Iyun 30, 2026. 10:22 • 56 soniya
• 8PEKIN, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida “yashil” iqtisodiyot sohasida faoliyat yurituvchi Xitoy kompaniyalari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda ishtirokchilarga O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va chora-tadbirlar hamda tegishli tashabbuslarning amaliy ijrosi to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Tadbir davomida O‘zbekistonning 2019-2030-yillarga mo‘ljallangan “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi va uning asosiy yo‘nalishlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar Xitoy kompaniyalari bilan “yashil” iqtisodiyot, zamonaviy materiallar ishlab chiqarish, chiqindilar va avtomobillarni qayta ishlash sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini, O‘zbekistonda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, tadbir doirasida mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida Xitoy kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


