2026-yil 6-oyda yurtimizning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi 1,8 mingdan ortiq vatandoshga yordam ko‘rsatdi

Iyul 08, 2026. 19:30 • 3 daq

10

OLMAOTA, 8-iyul. /“Dunyo” AA/. 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan konsullik okrugi hududida og‘ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Jumladan, hisobot davrida 1832 nafar vatandoshga konsullik-huquqiy, moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatildi. Xususan, davlat mablag‘lari hisobidan 500 nafardan ortiq fuqaroga O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi. Vaqtincha yashash joyiga ega bo‘lmagan 30 nafar hamyurtimiz xostellarga joylashtirildi, moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolgan 20 nafar yurtdoshimizga esa Vatanga qaytish uchun aviachiptalar sotib olindi.

Bundan tashqari, turli baxtsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari Vatanga repatriatsiya qilindi. Konsullik okrugida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan yana 6 nafar fuqaro ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga yotqizildi. Ularning davolanishi uchun barcha xarajatlar davlat mablag‘lari hisobidan qoplandi.

Vatandoshlarning mehnat huquqlarini himoya qilish doirasida Bosh konsulxona tomonidan 185 nafar O‘zbekiston fuqarosining insofsiz ish beruvchilar tomonidan noqonuniy olib qo‘yilgan pasportlari va shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari egalariga qaytarildi.

Vaqtincha saqlash muassasalarida saqlanayotgan fuqarolar bilan ishlashga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bosh konsulxona vakillari 500 nafardan ortiq vatandosh bilan onlayn uchrashuvlar o‘tkazib, ularning muammolarini o‘rgandi, O‘zbekistonga qaytarish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirdi.

Mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida uy-joysiz qolgan hamyurtlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Bosh konsulxona tomonidan konsullik okrugi hududida joylashgan ikkita xostel maʼmuriyati bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Bu muhtoj yurtdoshlarni vaqtincha joylashtirish imkonini berdi.

Birinchi yarim yillikda diplomatlar Olmaota shahridagi vatandoshlar ishlayotgan 18 ta qurilish obyektida bo‘lishdi. Sayyor uchrashuvlar davomida 600 nafardan ortiq migrantlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Yurtdoshlarga O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning oila aʼzolari uchun ijtimoiy kafolatlar, Migratsiya agentligi tomonidan taqdim etilayotgan yangi imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.

Shu bilan birga, hamyurtlarimizga Qozog‘iston migratsiya qonunchiligi talablari tushuntirildi. Buzg‘unchi diniy va terroristik tashkilotlar faoliyatiga jalb etilishining oldini olish hamda bunday noqonuniy tuzilmalar bilan bog‘liq shaxslar bilan munosabatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish