Serbiyada og‘ir ahvolga tushgan vatandoshga amaliy yordam ko‘rsatildi

Iyul 08, 2026. 10:00 • 2 daq

168
Serbiyada og‘ir ahvolga tushgan vatandoshga amaliy yordam ko‘rsatildi

BELGRAD, 8-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi Konsullik bo‘limiga Serbiyadan vatanga qaytish uchun yordam so‘rab hamyurtimiz M.B. murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maʼlum bo‘lishicha, vatandoshimizning muammoli vaziyatga tushib qolishiga Serbiyadagi ish beruvchining o‘z majburiyatlarini kerakli darajada bajarmagani va erishilgan kelishuvlarga amal qilmagani sabab bo‘lgan.

Buning oqibatida hamyurtimiz og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan va O‘zbekistonga mustaqil ravishda qaytish imkoniyatini yo‘qotgan. Shundan so‘ng u elchixonaga ko‘mak so‘rab murojaat qilgan.

O‘zaro kelishuvlar natijasida O‘zbekiston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yurtdoshimizga bepul aviachipta olib berildi.

Mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xorijda bo‘lib turgan vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur huquqiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi faoliyatini izchil davom ettirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish