O‘zbekiston va Rossiyaning Primorsk o‘lkasi o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi
Iyul 05, 2026. 13:15 • 57 soniya
• 168
VLADIVOSTOK, 5-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Rossiyaning Primorsk o‘lkasi hukumati Migratsiya siyosati agentligi rahbari Mixail Sorokin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda Vladivostok shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Oybek Odilov ham ishtirok etdi.
Tomonlar Primorsk o‘lkasida O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, migratsiya sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Mehnat migrantlarini mamlakatdan jo‘nab ketishdan oldin tayyorlash va o‘qitish, jumladan, turli mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasb-hunar ta’limi agentligi va Primorsk o‘lkasi hukumati o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi