Janubiy Koreyadagi vatandoshlar o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi

Iyul 21, 2026. 08:10 • 2 daq

155
Janubiy Koreyadagi vatandoshlar o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi
Janubiy Koreyadagi vatandoshlar o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi
Janubiy Koreyadagi vatandoshlar o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi
Janubiy Koreyadagi vatandoshlar o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi

SEUL, 21-iyul. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning Chongju shahrida vatandoshlar o‘rtasida mini-futbol turniri tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni arafasida o‘tkazilgan mazkur turnir Koreyadagi O‘zbekistonliklar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Seul shahridagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.

Musobaqada Janubiy Koreyaning turli shaharlaridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda mehnat qilayotgan yosh vatandoshlardan tashkil topgan 16 ta jamoa qatnashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar yuqori darajadagi jamoaviy hamjihatlikni namoyish etdi.

Mehmon sifatida Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolaridan tashkil topgan jamoalarning musobaqada ishtirok etgani mazkur turnir nafaqat sport musobaqasi, balki turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim maydonga aylanganini yana bir bor tasdiqladi.

Turnir yakuniga ko‘ra, g‘olib jamoaga hamkor tashkilotlar tomonidan bosh sovrin sifatida “Spark” rusumli yengil avtomobil taqdim etildi. Shuningdek, sovrindorlarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir doirasida hamyurtlar bilan muloqot o‘tkazildi. Unda bu kabi sport tadbirlarini muntazam tashkil etish xorijdagi yurtdoshlarning o‘zaro hamjihatligini mustahkamlash, milliy birlikni kuchaytirish hamda yoshlarda Vatanga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish