Polshada og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Iyul 19, 2026. 10:00 • 57 soniya
• 230
VARSHAVA, 18-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda xorijda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qayd etilishicha, mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida xorijga kelgan O‘zbekiston fuqarosi B.J. ish joyini yo‘qotishi oqibatida og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgani sababli bilan vatanga qaytishda amaliy yordam so‘rab elchixonaga murojaat qilgan.
Elchixona tomonidan Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda tegishli tashkiliy va diplomatik chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Mazkur fuqaroning ijtimoiy ahvoli inobatga olinib, migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uning O‘zbekistonga qaytishi uchun aviachipta xarid qilingan.
Shuningdek, elchixona tomonidan hamyurtimizning qaytish hujjatlarini rasmiylashtirish, safarini tashkil etish hamda boshqa konsullik va tashkiliy masalalarni hal etishda zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi