O‘zbek tili bayrami arafasida sohaga oid kitoblar taqdimoti o‘tkazildi
Oktabr 16, 2026. 19:15 • 2 daq
• 76TOSHKЕNT, 16- oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan yangi nashr etilgan adabiyotlar taqdimotiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining omonimlar lug‘ati”, “O‘zbekiston toponimlarini hosil qiluvchi atamalarning izohli lug‘ati” kabi tilimizga oid qator adabiyotlar diplomatlar mehnat jamoasiga tanishtirildi.
Tadbir doirasida so‘zga chiqqanlar davlat tilini ilmiy asosda o‘rganish, yangi lug‘atlar va qomusiy nashrlarni yaratish, milliy adabiy merosimizni keng targ‘ib etish borasidagi tashabbuslarning ahamiyatiga urg‘u berishdi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar e’tiboriga “Til millat ko‘zgusi, uni asraylik” nomli videorolik namoyish etildi.
Kitoblar taqdimotining ilmiy-ma’rifiy qismida lug‘atlarning o‘zbek tili leksik boyligini o‘rganish, so‘zlarning ma’no xususiyatlarini farqlash hamda ulardan og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri foydalanishdagi o‘rni alohida qayd etildi.
Ushbu nashrlarning milliy adabiy merosimizni chuqur o‘rganish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini keng jamoatchilikka yetkazish va yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati ta’kidlandi.
Taqdimot O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan vazirlikda tashkil etilayotgan tadbirlar turkumida alohida o‘rin egalladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

