Fransiyada Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi

Oktabr 11, 2026. 09:10 • 2 daq

• 119
Fransiyada Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi
Fransiyada Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi
Fransiyada Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi
Fransiyada Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi

PARIJ, 11-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk temuriylar merosi: Markaziy Osiyo san’ati, fani va madaniyati” mavzusida xalqaro davra suhbati va ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston va Fransiya davlat organlari, ilmiy-madaniy muassasalar vakillari, mashhur tarixchilar, sharqshunoslar, san’atshunoslar, xalqaro ekspertlar hamda Fransiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

Davra suhbati chog‘ida Amir Temur va temuriylar davrining boy tarixiy-madaniy merosi, ularning fan, ta’lim, san’at va arxitektura taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, Sharq va g‘arb o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarning ahamiyati muhokama qilindi.

Tadbir doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi va temuriylar davrining ilmiy hamda madaniy yutuqlarini aks ettiruvchi ko‘rgazma namoyish etildi.

Mazkur xalqaro tadbir O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini Fransiyada keng targ‘ib qilish, Amir Temur va temuriylar merosining jahon sivilizatsiyasidagi o‘rnini ochib berish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish