Sankt-Peterburgda O‘zbekistonning sport turizmi salohiyati taqdim etildi
Oktabr 16, 2026. 18:00 • 56 soniya
• 110
SANKT-PЕTЕRBURG, 16-oktabr. /“Dunyo” AA/. Bosh konsulxona ko‘magida O‘zbekiston Sport vazirligi va Sankt-Peterburg shahri Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda “ProRun.Uz” vakillari ishtirok etdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning yirik yugurish loyihalari –“Samarkand Marathon” hamda “Toshkent yarim marafoni” – taqdim qilindi. Sankt-Peterburg Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Fatsiyevich-Slinchenko O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyorligini bildirib, mahalliy yuguruvchilar delegatsiyasini respublikamizdagi tadbirlarga yuborishini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar 2027-yilga mo‘ljallangan sport tadbirlari rejalari bilan almashish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi