Guandunda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Sentabr 30, 2026. 14:00 • 58 soniya

• 127
Guandunda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
Guandunda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

GUANCHJOU, 30-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning janubiy provinsiyalarida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Diplomatlar muloqot avvalida hamyurtlarimizni yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi. Vatandoshlarga so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati haqida ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, Xitoy hukumati tomonidan migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi normativ-huquqiy hujjatlar, ularning fuqarolarimiz uchun ahamiyati, ko‘rsatilayotgan konsullik xizmatlari, ularning turlari va hujjatlarni rasmiylashtirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvlar davomida yurtdoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, o‘z takliflarini bildirdi. Bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish xorijdagi vatandoshlarni birlashtirish, o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish