O‘zbekiston elchixonasi va Bosh konsulxonasi O‘sh shahrida mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan bayramona qabul marosimi o‘tkazdi

Sentabr 28, 2026. 09:00 • 3 daq

• 187

O‘SH, 28-sentyabr. /"Dunyo"AA/. O‘sh shahrida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan qabul marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda davlat organlari, diplomatik korpus, biznes, ta’lim, madaniyat hamda o‘zbek diasporasining 200 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Tadbirning maxsus mehmonlari Qirg‘iziston Prezidentining O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlaridagi vakolatli vakillari Amankan Kenjebayev, Tilek Tekebayev va Mamirjan Raximov, O‘sh shahri meri Janarbek Akayev hamda O‘sh shahar kengashi spikeri Bolotbek Bayotov bo‘ldi.

Shuningdek, qabulda Qirg‘iziston Mudofaa va Energetika vazirliklari vakillari, Ozarbayjon, Pokiston, Tojikiston va Qozog‘iston elchilari, Bosh konsulxonalar rahbarlari, mintaqaviy hokimiyat organlari, biznes, oliy o‘quv yurtlari hamda turistik kompaniyalar vakillari ham qatnashdi.

O‘zbekiston tomonidan esa mamlakatimiz elchisi Saidikram Niyazxodjayev, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshid Axmedov, O‘zbek-Qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi vakillari Farrux Tulyaganov va Dilyara Shayxutdinova, shuningdek, "Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston" temir yo‘li qurilishi ofisi vakillari ishtirok etdi.

Qabulda so‘zga chiqqan Amankan Kenjebayev O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35-yilligi bilan muborakbod etib, ikki mamlakat munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini ta’kidladi.

"Bizni chegara ajratib turadi, biroq hech bir chegara xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, qarindoshlik rishtalari va o‘zaro hurmatni ajrata olmaydi", – dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tarixiy yaqinlik bugungi kunda savdo, investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm, madaniyat va gumanitar sohalardagi davlatlararo hamkorlik doirasida yangi mazmun kasb etmoqda.

Boshqa ishtirokchilar ham ikki xalqning ko‘p asrlik tarixiy va madaniy aloqalari hamda gumanitar hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini qayd etdilar.

Ta’lim sohasidagi aloqalarga alohida e’tibor qaratildi. Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti rektori Altinbek Zulpukarov oliy o‘quv yurti O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan 40 dan ortiq shartnoma imzolagani, akademik mobillik dasturlarini amalga oshirayotgani hamda qo‘shma ilmiy-madaniy tadbirlar o‘tkazayotganini xabar qildi.

Qabul doirasida Bobur nomidagi O‘sh akademik o‘zbek musiqali drama teatri san’atkorlari va taniqli qirg‘iz estrada xonandasi Elara Kabiljan qizi ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirga musiqiy guruh chiqishi hamda "Somsa shou" va "Palov shou" taqdimotlari o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Yakunda Qirg‘iziston o‘zbek milliy madaniyat markazi vakillari bayramning O‘sh shahrida o‘tkazilishi ikki xalq do‘stligi, yaxshi qo‘shnichiligi va madaniy yaqinligining yaqqol ramziga aylanganini ta’kidladilar.

Mazkur tadbir Qirg‘iziston OAV, jumladan, "Azia TV" telekanali, shuningdek, yangiliklar saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Qirg‘iziston Xotin-qizlar kengashlari assotsiatsiyasi raisi Aynura Altibayeva O‘zbekiston elchisi va O‘sh shahridagi bosh konsulning turmush o‘rtoqlariga "Qurmonjon Dotka" ko‘krak nishonlarini topshirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish