Samarqandda transmilliy narkotik tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tadi
Fevral 13, 2026. 08:10 • 1 daq
• 97
VENA, 13-fevral. /“Dunyo” AA/. Shu yilning aprel oyida Samarqand shahrida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) bilan hamkorlikda “Jamoat salomatligi va xavfsizligiga transmilliy narkotik tahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqilarida giyohvand moddalarning tarqalishi va giyohvandlik jinoyatchiligi aholi salomatligi, millat genofondi va yoshlar kelajagiga jiddiy tahdid solayotganini taʼkidlagan. Bu borada milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda birlashgan va muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirish qayd etilgan.
Forumning UNODC bilan hamkorlikda o‘tkazilishi Tashkilotning BMT tizimidagi global giyohvand moddalar muammosiga qarshi kurashish bo‘yicha yetakchi muvofiqlashtiruvchi roli, uning jamoat salomatligi, xavfsizlik va barqaror rivojlanish sohasidagi tan olingan ekspert va tahliliy salohiyati bilan bog‘liq.
Forum davlat organlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, ekspertlar va akademik hamjamiyat vakillarini birlashtiradi hamda dolzarb muammolarni muhokama qilish va transmilliy giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish uchun maydon bo‘ladi.
Samarqand forumi davlatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, ekspertlar va akademik hamjamiyat vakillari ishtirokida transmilliy narkotik tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha fikr almashish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun yuqori darajadagi xalqaro platformaga aylanishi kerak.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
