JIDU prorektori AQShdagi Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari jamiyati prezidenti etib saylandi

Noyabr 11, 2026. 11:30 • 2 daq

• 129
JIDU prorektori AQShdagi Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari jamiyati prezidenti etib saylandi

TOSHKЕNT, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Timur Dadabayev AQShda joylashgan Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari jamiyati (Central Eurasian Studies Society – CESS) tomonidan o‘tkazilgan saylovda g‘alaba qozonib, tashkilotning 2027–2028-yillar uchun prezidenti (President-Elect) etib saylandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

CESS Markaziy Yevroosiyo mintaqasini o‘rganish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yetakchi olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislarni birlashtirgan dunyodagi yirik xalqaro akademik jamiyatlardan biri hisoblanadi. Hozirda tashkilotga Kolumbiya universiteti professori Aleksandr Kuli (Alexander Cooley) rahbarlik qilmoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro akademik lavozimga tarixda ilk bor O‘zbekiston vakilining saylanishi mamlakatimiz ilm-fani va ilmiy salohiyatining xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.

Ushbu yutuq JIDUning xalqaro akademik hamjamiyatdagi nufuzini yanada mustahkamlash, yetakchi xorijiy ilmiy va tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekiston ilm-fanining jahon akademik makoniga integratsiyalashuviga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish