Dehlida o‘nta davlat diplomatik klublarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Noyabr 11, 2026. 10:30 • 1 daq

• 108
Dehlida o‘nta davlat diplomatik klublarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

DЕHLI, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. Hindiston poytaxtida O‘mon va Sloveniya diplomatik klublari tashabbusi bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ikkinchi bor o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda Sloveniya, Shotlandiya, Hindiston, Armaniston, Qatar, Litva, O‘zbekiston, Nepal va Suriya diplomatlari hamda turli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston nomidan Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik servis xizmati qatnashib, tashkilotchilarga videomurojaat yo‘lladi.

Uchrashuv “Birgalikda rivojlanish – diplomatik klublarning yagona global hamjamiyatini shakllantirish” shiori ostida o‘tkazildi. Uning asosiy vazifalari diplomatik klublar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish, an’anaviy diplomatiya doirasidan tashqarida xalqaro muloqot va o‘zaro tushunishni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir haqidagi axborot O‘monning “Oman Daily Observer” va “Muscat Daily” nashrlarining rasmiy veb-saytlari, O‘mon Diplomatik klubining “Instagram”dagi rasmiy sahifasi hamda “Qabasmedia” internet nashrida e’lon qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish