O‘zbekiston mahsulotlari Shanxaydagi xalqaro ko‘rgazmada namoyish etilmoqda

Noyabr 10, 2026. 14:00 • 2 daq

• 42
O‘zbekiston mahsulotlari Shanxaydagi xalqaro ko‘rgazmada namoyish etilmoqda

SHANXAY, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. Shanxayda 5-10-noyabr kunlari 9-Xitoy xalqaro import mahsulotlari xalqaro ko‘rgazmasi (CIIE-2026) bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Yangi davr umumiy kelajagi” mavzusida o‘tkazilgan ko‘rgazmada 62 mamlakatdan 4 mingdan ortiq xorijiy kompaniya ishtirok etmoqda. Mazkur ko‘rgazmada 500 nafarga yaqin ishtirokchi ilk bor qatnashmoqda. Bu tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Ko‘rgazmada oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, avtomobilsozlik, texnik uskunalar, tibbiyot jihozlari hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha turli namoyishlar o‘tkazildi.

“Made in Uzbekistan” stendida yurtimizning 15 dan ortiq vazirlik va idorasi vakillari o‘z mahsulotlarini taqdim etdi.

Stendga tashrif buyurgan qator yetakchi kompaniyalar vakillarining qayd etishicha, O‘zbekiston–Xitoy munosabatlari jadal rivojlanib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Infratuzilma, energetika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi va yuqori texnologiyalar sohalaridagi yutuqlar buning yaqqol tasdig‘idir.

Tashrif buyuruvchilarda o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari, paxta va ipak tolalaridan tayyorlangan kiyimlar katta qiziqish uyg‘otdi.

Ko‘rgazma doirasida o‘tkazilayotgan ishbilarmonlik dasturlari doirasida turli mamlakatlar vakillari uchun B2B formatidagi uchrashuvlar va korporativ delegatsiyalar uchun davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish