Istanbuldagi vatandoshlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi

May 13, 2026. 14:55 • 2 daq

68

ISTANBUL, 13-may. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Turkiyadagi vakolatxonasi hamkorligida o‘zbek yoshlari o‘rtasida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan futbol turniri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirning asosiy maqsadi xorijdagi yosh vatandoshlarni birlashtirish, ular o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.

Istanbuldagi Bosh konsulxona diplomatlari ishtirokchilarga O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati izchil amalga oshirilayotgani, ommaviy sport rivojlantirilayotgani, mamlakat rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida maʼlumot berdi.

Turnirda Istanbulning turli tumanlarida yashovchi, shaharda tahsil olayotgan yoki mehnat qilayotgan o‘zbek yoshlaridan tashkil topgan 9 ta jamoa qatnashdi. Musobaqalar keskin kurashlar ostida, biroq do‘stona va o‘zaro hurmat ruhida o‘tdi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar kubok, medallar, diplomlar, shuningdek, qimmatbaho va maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ishtirokchilar bu kabi tadbirlar xorijdagi o‘zbek yoshlarini birlashtirish, ularning ezgu maqsadlar yo‘lida jipslashishini mustahkamlash va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.

G‘oliblarga mukofotlarni O‘zbekiston diplomatlari va jamoat tashkilotlari rahbarlari Istanbulning “Bashakshehir” klubida to‘p surayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev bilan birgalikda topshirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish