O‘zbekiston–Serbiya transport-logistika bo‘yicha hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

May 13, 2026. 16:25 • 2 daq

37
O‘zbekiston–Serbiya transport-logistika bo‘yicha hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

BELGRAD, 13-may. /“Dunyo” AA/. Belgradda O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida transport hamda temir yo‘l sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida O‘zbekistonning elchisi qarorgohi Budapeshtda Oybek Shaxavdinov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Raxmetov, Serbiya Qurilish, transport va infratuzilma vazirligi hamda “Serbian Railways Infrastructure” kompaniyasi rahbariyati ikki davlat o‘rtasidagi transport-logistika sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarida fikr almashdi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasida transport va infratuzilma sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish, yuk tashuv yo‘nalishlarini kengaytirish hamda logistika tizimini takomillashtirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, temir yo‘l sohasida tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston va Serbiya Markaziy Osiyo hamda Bolqon mintaqalari o‘rtasida transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish