Iordaniyada O‘zbekiston “Savdo uyi”ni ochish rejalashtirilmoqda
Sentabr 10, 2026. 18:00 • 2 daq
• 86
AMMON, 10-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi va Iordaniyaning “Zarhat” kompaniyasi o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat davomida tomonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Iordaniya va Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlariga eksport qilish, Ammon shahrida O‘zbekiston “Savdo uyi”ni ochish hamda o‘zaro manfaatli investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Muloqot chog‘ida ishtirokchilar yurtimizda ishlab chiqarilayotgan quruq mevalar, yong‘oq, shirinlik, qandolat va to‘qimachilik mahsulotlari, zargarlik buyumlari hamda uy-ro‘zg‘or texnikasini Iordaniya bozoriga yetkazib berish imkoniyatini o‘rganish va eksport shartnomalarini shakllantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.
Eksport qilinadigan mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar, buyurtma hajmlari, narxlar, qadoqlash, arab tilidagi markirovka, sertifikatlashtirish, logistika va to‘lov shartlari bo‘yicha tegishli ishlarni davom ettirish belgilandi.
O‘zbekiston “Savdo uyi”ni tashkil etish yuzasidan tashkiliy-moliyaviy shartlarni ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish imkoniyatlarini birgalikda o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi