Logo

Toshkentda “WoodTech & MebelExpo Uzbekistan 2026” xalqaro mebel sanoati ko‘rgazmasi boshlandi

Aprel 28, 2026. 20:13 • 2 daq

132

TOSHKENT, 28-aprel. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda 28–30 aprel kunlari “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilyonlarida “WoodTech & MebelExpo Uzbekistan 2026” xalqaro mebel sanoati ko‘rgazmasi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu ko‘rgazma “Iteca Exhibitions” va “ICA Eurasia Group” xalqaro ko‘rgazma kompaniyalari tomonidan tashkil etilmoqda. Ko‘rgazmaning asosiy homiylaridan biri “Eman Group” kompaniyasi hisoblanadi.

Bu galgi ko‘rgazmada Avstriya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Polsha, Rossiya, Turkiya, Shveysariya, Shvetsiya, O‘zbekiston kabi 13 mamlakatdan 127 ta kompaniya va brend o‘z stendlari bilan ishtirok etmoqda.

Ekspozitsiyaning asosiy eʼtibori anʼanaviy ravishda ko‘rgazmaning qariyb 80 foizini egallagan mebel butlovchi qismlari segmentiga qaratilgan. Bu yerda mebel ishlab chiqarish uchun furnitura, materiallar, profillar, fasadlar, dekorativ qoplamalar, sunʼiy toshlar, matolar va boshqa yechimlar taqdim etilgan. Alohida bo‘limlar mebel kimyosi va yog‘ochga ishlov berishning zamonaviy texnologiyalari, jumladan, uskunalarni amalda namoyish etishga bag‘ishlangan.

B2B formatidagi uchrashuvlar va ilk bor kengaytirilgan uch kunlik formatda o‘tkaziladigan ishbilarmonlik dasturiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Dastur doirasida yangi texnologiyalarni joriy etish, dizayn va ishlab chiqarishni raqamlashtirish masalalari bo‘yicha seminarlar, mahorat darslari va muhokamalar tashkil etiladi.

“WoodTech & MebelExpo Uzbekistan 2026” mintaqada mebel va yog‘ochsozlik sanoatini rivojlantirish tendensiyalarini shakllantiruvchi asosiy professional platforma hisoblanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish