Belarusda o‘tkazilgan milliy madaniyatlar festivalida O‘zbekistonning turizm salohiyati namoyish etildi

Iyun 13, 2026. 18:30 • 2 daq

2

GRODNO, 13-iyun. /“Dunyo” AA/. Belarusning Grodno shahrida o‘tkazilgan XV Respublika milliy madaniyatlar festivali doirasida O‘zbekistonning boy madaniyati, urf-odatlari va turizm salohiyati keng taqdimot qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mahalliy milliy diasporalar vakillarini bir maydonga jamlagan ushbu nufuzli tadbir an’anaviy teatrlashtirilgan yurish bilan boshlandi. Tantanali paradda Belarusda istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz hamda o‘zbekistonlik talabalar milliy ramzlar va betakror an’anaviy liboslarda ishtirok etdilar. Festivalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadigan markaziy maydon sari yurgan hamyurtlarimizni yo‘l chetida yig‘ilgan mahalliy aholi va minglab xorijlik mehmonlar yuqori kayfiyat va qizg‘in olqishlar bilan kutib oldilar.

Madaniyat bayramining ochilish marosimida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Bosh vazir o‘rinbosari Natalya Petkevich, Grodno viloyati ijroiya qo‘mitasi rahbariyati, mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari hamda boshqa rasmiy shaxslar qatnashdilar.

Ikki kun davom etgan tantanalar davomida Grodno shahrining markaziy maydonida o‘zbek milliy madaniyati va qadriyatlariga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazma tashkil etildi. Unda pavilon mehmonlari o‘zbek xalqining boy va ko‘hna tarixi, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan zamonaviy yangilanishlar, mamlakatimizning jozibador sayyohlik maskanlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan o‘zbek milliy taomlari namoyishi tadbir ishtirokchilarida alohida taassurot qoldirdi. Festival qatnashchilariga yurtimizning tarixi, betakror san’ati va turizm imkoniyatlari aks ettirilgan rang-barang axborot materiallari, bukletlar hamda kitob-albomlar tarqatildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish