Toshkentda diplomatlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi

Sentabr 26, 2026. 12:00 • 2 daq

• 150
Toshkentda diplomatlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi
Toshkentda diplomatlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi
Toshkentda diplomatlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi
Toshkentda diplomatlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi

TOSHKENT, 26-sentabr. /"Dunyo" AA/. Poytaxtimizda diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda TIV huzuridagi Diplomatik servis xizmati vakillari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha XX xalqaro turnir boshlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Bu galgi yubiley turnirida 20 ta jamoa ishtirok etmoqda. Musobaqaning ochilish marosimida 1999-yildan buyon an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan ushbu turnir tarixi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

So‘zga chiqqanlar o‘tgan yillar davomida turnir turli mamlakatlarning diplomatik idoralari vakillarini birlashtiruvchi do‘stlik, o‘zaro hurmat, ishonch va samimiy muloqotning o‘ziga xos ramziga aylanganini ta’kidladi.

Ishtirokchilar ochiq va konstruktiv muloqot xalqaro munosabatlarning muhim tarkibiy qismi ekani qayd etdi. Bugungi kunda ushbu muloqot sport maydonida davom etmoqda. Bu yerda diplomatik hamjamiyat vakillari norasmiy muhitda uchrashish, jamoaviy ruhni namoyon etish va mavjud aloqalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Bu kabi an’anaviy sport o‘yinlari sog‘lom raqobat, do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va diplomatik hamjamiyat vakillari o‘rtasidagi muloqotni kengaytirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish