Toshkentda Yevropa tillar kuni nishonlanadi
Sentabr 28, 2026. 19:00 • 51 soniya
• 102
TOSHKЕNT, 28-sentabr. /“Dunyo” AA/. 30-sentabr kuni Toshkent shahrida Yevropaning til va madaniy xilma-xilligiga bag‘ishlangan “Yevropa tillar kuni 2026” tadbiri bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mehmonlarni qo‘shiqlar, o‘yinlar, viktorinalar hamda Yevropa mamlakatlarining tillari va madaniyatlari bilan yaqinroq tanishish mumkin bo‘lgan “Tillar yarmarkasi” kutmoqda.
Kechki dastur — “SpeakEasy Night” soat 19:00 dan 21:30 gacha Amir Temur ko‘chasi, 42-uy manzilida joylashgan Gyote institutida o‘tkaziladi. Dasturdan qisqa metrajli film namoyishi va muhokamasi, til stollari va interaktiv o‘yinlar, tezkor netvorking va madaniy almashinuv, shuningdek, Yevropa mamlakatlari musiqalari yangraydigan DJ-set o‘rin olgan.
Tadbir diplomatik missiyalar, madaniyat tashkilotlari, universitetlar, talablar va keng jamoatchilik vakillarini birlashtiradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi