Vladivostokda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanalar bo‘lib o‘tdi

Sentabr 28, 2026. 19:30 • 2 daq

• 91
Vladivostokda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanalar bo‘lib o‘tdi
Vladivostokda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanalar bo‘lib o‘tdi
Vladivostokda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanalar bo‘lib o‘tdi

VLADIVOSTOK, 28-sentabr. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning Primore o‘lkasi markazida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali qabul marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Primore o‘lkasi hukumati, hududiy va shahar hokimiyatlari, diplomatik vakolatxonalar, ishbilarmon doiralar, o‘zbek diasporasi tashkilotlari vakillari, vatandoshlar va o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda bosh konsul Hojiakbar Vahobov ishtirokchilarni O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklab, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

U O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi, tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, turizm hamda ta’lim salohiyati haqida fikr bildirdi.

Primore o‘lkasi hukumati raisining o‘rinbosari, ta’lim vaziri Elvira Shamonova so‘zga chiqib, ishtirokchilarni bayram bilan qutlab, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning jadal rivojlanib borayotgani haqida gapirdi.

Tadbir davomida “Centrum Air” aviakompaniyasi ko‘magida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimotlari o‘tkazildi, mehmonlarga buklet va esdalik sovg‘alari tarqatildi. “Vladivostok–Toshkent–Vladivostok” yo‘nalishi bo‘yicha ikkita aviachipta o‘yini o‘tkazilib, g‘oliblarga sertifikatlar topshirildi.

O‘zbek milliy liboslari, xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Madaniy dastur doirasida milliy kuy-qo‘shiqlar yangrab, o‘zbek milliy taomlari tortiq qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish