Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkaziladi
Oktabr 04, 2026. 15:30 • 2 daq
• 4
TOSHKENT, 4-oktyabr. /«Dunyo» AA/. 5–6-oktyabr kunlari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida «Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026» xalqaro tadbiri doirasida «Cyberkent 4.0» kibermusobaqasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Musobaqa 7 ta yo‘nalishni qamrab oladi: Red Team – hujumchi jamoa, Blue Team – himoyachi jamoa, ochiq topshiriqlar (CTF Master, The AI Underworld, Attack Surface AI), Bug Bounty, CyberQuiz, Cybermuloqot va Cybermergan.
Red Team va Blue Team yo‘nalishlarida 1-o‘rin sohibi 50 million so‘m, 2-o‘rin sohibi 30 million so‘m, 3-o‘rin sohibi 10 million so‘m miqdorida mukofot bilan taqdirlanadi.
Ochiq topshiriqlarning har bir yo‘nalishida 1-o‘rin uchun 10 million, 2-o‘rin uchun 8 million, 3-o‘rin uchun 6 million, 4-o‘rin uchun 4 million va 5-o‘rin uchun 2 million so‘m mukofot belgilangan. Shuningdek, ishtirokchilar uchun 200 dan ortiq esdalik sovg‘alari tayyorlangan.
Tashkilotchilar tadbirni yoritish uchun jurnalistlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi