Yaponiya doimiy yashash guvohnomasini olish uchun yig‘im 20 baravarga oshirildi

Oktabr 02, 2026. 11:00 • 3 daq

• 235
Yaponiya doimiy yashash guvohnomasini olish uchun yig‘im 20 baravarga oshirildi

TOKIO, 2-oktabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiya 1-oktabrdan boshlab chet elliklarning doimiy yashash uchun ariza topshirish to‘lovini 20 baravarga – 200 ming iyen yoki taxminan 1270 dollargacha oshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “NHK Japan”ga NHK Japan.

Shu bilan birga, rasmiylar doimiy maqomga da’vogarlarga nisbatan talablarni kuchaytirib, daromadlar va pensiya to‘lovlari bo‘yicha mezonlarni belgiladi. Unga ko‘ra, kelasi yilning aprel oyidan boshlab yapon tilini boshlang‘ich darajada bilish talabi qo‘shiladi.

Yangi to‘lovlar kuchga kirishidan oldin immigratsiya idoralari oldida uzun navbatlar yuzaga keldi: Tokioning bosh idorasida kutish vaqti yetti soatdan oshdi, chunki arizachilar hujjatlarni avvalgi tariflar bo‘yicha topshirishga harakat qilishdi.

Bu o‘zgarishlar Yaponiyaning tez o‘sib borayotgan chet elliklar sonini tartibga solishga qaratilgan immigratsiya siyosatini keng ko‘lamda qayta ko‘rib chiqishning bir qismi bo‘ldi.

Iyul oyida mamlakat inflyatsiya va valyuta kurslarining o‘zgarishini hisobga olish zarurati bilan izohlab, xorijliklar uchun viza to‘lovlarini 50 yil ichida birinchi marta besh baravarga oshirgan edi.

Shu bilan birga, Yaponiya demografik qarish va ishchi kuchi yetishmovchiligiga duch kelmoqda, shu sababli xorijiy ishchilarga tobora ko‘proq qaram bo‘lib qolmoqda.

2025-yil oxiriga kelib mamlakatdagi chet ellik aholi soni 4,12 milliondan oshib, yil davomida 9,5 foizga ko‘paydi va rekord darajaga yetdi, biroq chet el aholisining ko‘payishi jamiyatda migratsiya va ijtimoiy o‘zgarishlar haqidagi xavotirlarning kuchayishi bilan birga kechmoqda.

Doimiy maqomga ega bo‘lish uchun endi Yaponiyadagi o‘rtacha darajadan past bo‘lmagan barqaror daromad talab qilinadi. Iyul oyida e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda uy xo‘jaliklarining o‘rtacha yillik daromadi 5,75 million iyenni tashkil etgan.

Pensiya kafolatlari qo‘shimcha shart bo‘ladi: kutilayotgan to‘lovlar 30 yil davomida xodimlarning pensiya sug‘urtasi tizimida bo‘lgan shaxsning darajasiga mos kelishi kerak. Garchi kelajakdagi pensiya miqdori yetarli bo‘lmasa, ariza beruvchining moliyaviy aktivlari hisobga olinishi mumkin.

Kelgusi yilning aprel oyidan boshlab talabgorlar yapon tilini boshlang‘ich darajada bilishini ham tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Bu til kurslariga yozilganlar va yapon tilini bilish bo‘yicha imtihon topshirishni xohlovchilar sonining oshishiga olib keldi.

Boshqa xorijliklar uchun yashash maqomini o‘zgartirish yoki bo‘lish muddatini uzaytirish narxi ham oshdi. Ilgari har bir bunday jarayon 6 ming iyenni tashkil etgan bo‘lsa, 1 oktyabrdan boshlab yig‘im uch oygacha bo‘lgan muddat uchun 10 ming iyendan besh yildan ortiq bo‘lgan muddat uchun 75 ming iyengacha etib belgilandi.

Moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan insonlar, shuningdek, qochqin maqomiga ega bo‘lgan shaxslar uchun chegirmalar ko‘zda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish