Logo

Yaponiyadagi eng yirik ekranda O‘zbekistonning turizm salohiyati haqidagi videorolik namoyish etilmoqda

Dekabr 17, 2025. 19:36 • 43 soniya

181
Yaponiyadagi eng yirik ekranda O‘zbekistonning turizm salohiyati haqidagi videorolik namoyish etilmoqda
Yaponiyadagi eng yirik ekranda O‘zbekistonning turizm salohiyati haqidagi videorolik namoyish etilmoqda

TOKIO, 17-dekabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida kuniga 2,5 milliondan ortiq kishi harakatlanadigan Tokioning eng mashhur chorrahasida O‘zbekiston haqida maxsus videorolik namoyish etilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Eʼtiborlisi, ushbu monitor Yaponiyadagi eng yirik ekran bo‘lib, uning umumiy hajmi 424 kvadrat metrni tashkil etadi. Videorolikda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, tabiiy go‘zalliklari, meʼmoriy yodgorliklari, iqtisodiyot va texnologiyalar sohasidagi yutuqlarini ifodalovchi kadrlar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 18-20-dekabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi hamda “Markaziy Osiyo+Yaponiya” muloqotining oliy darajadagi sammitida ishtirok etadi.

Shuningdek, tashrif doirasida Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vaziri Sanae Takaichi, parlament rahbariyati, hukumat aʼzolari, siyosiy partiyalar vakillari, yetakchi universitetlar rektorlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish