Tokiodagi mashhur Shibuya chorrahasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi
Sentabr 23, 2026. 11:00 • 2 daq
• 81TOKIO, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Tokiodagi mashhur Shibuya chorrahasidagi yirik reklama ekranida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Loyiha O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yaponiyada tashkil etilgan Mustaqillik haftaligi doirasida amalga oshirildi. Videolavhalar 14-sentabrdan 20-sentabrgacha har kuni soat 07:00 dan 24:00 gacha umumiy maydoni 424 kvadrat metr bo‘lgan ekranda namoyish etildi.
Videoroliklar orqali yaponiyalik yo‘lovchilarga O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, qadimiy va zamonaviy shaharlari, mamlakatning sayyohlik imkoniyatlari, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari namoyish etildi.
Videolavhalar bilan bir qatorda, ushbu davlatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va O‘zbekistonning Yaponiyadagi faxriy madaniyat elchisi Mashu Komazaki ishtirokida mamlakatning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan fleshmob tashkil etildi.
Yaponiya O‘zbekiston uchun istiqbolli sayyohlik hamkorlaridan biridir. 2025-yilda mamlakatga 32 mingga yaqin yaponiyalik sayyoh tashrif buyurgan. Joriy yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga 27 mingdan ortiq Yaponiya fuqarosi kelgan, bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 46,6 foizga ko‘pdir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


