Varshavada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi

Sentabr 22, 2026. 16:00 • 2 daq

140
Varshavada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi
Varshavada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi
Varshavada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi
Varshavada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi
Varshavada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi

VARSHAVA, 22-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tantanali marosimda Polsha hukumati va parlamenti a’zolari, diplomatik korpus, ishbilarmon doiralar, jamoatchilik va OAV vakillari hamda vatandoshlar ishtirok etdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi ham qatnashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatning ochiq va konstruktiv tashqi siyosati hamda O‘zbekiston–Polsha munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi.

Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Voysex Zayonchkovskiy O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti haqida so‘z yuritib, ikki davlat o‘rtasidagi yuqori darajadagi aloqalar jadal rivojlanayotganini ta’kidladi.

Marosimda O‘zbekiston–Polsha munosabatlarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan polyak siyosatchilari, biznes va madaniyat namoyandalariga elchixonaning maxsus minnatdorchilik yorliqlari topshirildi.

Tadbir doirasida milliy konsert, hunarmandchilik ko‘rgazmasi hamda “Babacio”, “Aisha Home”, “IMIR”, “Samo Textile” kabi o‘zbek brendlari mahsulotlari namoyish etildi.

Do‘stona ruhda o‘tgan tadbir ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish