“Komsomolskaya pravda” gazetasi: Orolbo‘yida robot-xirurgga ega eng zamonaviy tibbiyot majmuasi ochildi
Sentabr 23, 2026. 10:00 • 2 daq
• 19
MOSKVA, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning "Komsomolskaya pravda" ommabop nashrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasiga tashrifiga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Umumiy qiymati 154 milliard so‘m bo‘lgan yangi majmua 4,6 gektar maydonda joylashgan. Markaz 100 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini sinab ko‘rish uchun 18 ta simulyatsiya xonasi, shuningdek, yuqori aniqlikdagi va masofaviy jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan Markaziy Osiyodagi yagona “Edge Medical” robot-xirurgi bilan jihozlangan.
Akademiya har yili 3 ming nafar shifokor hamda 7 mingga yaqin hamshira va farmatsevtlar malakasini oshirishga mo‘ljallangan. Olis hududlardan kelgan mutaxassislar uchun 72 o‘rinli shinam mehmonxona barpo etildi. Bundan tashqari, muassasa tomonidan AQShning Pittsburg universiteti va Germaniyaning Frayburg universiteti bilan xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Nashrda ta’kidlanganidek, ushbu loyihaning amalga oshirilishi mahalliy shifokorlarga eng so‘nggi texnologiyalarni bevosita hududning o‘zida o‘zlashtirish imkonini beradi, zamonaviy tibbiy yechimlarning joriy etilishi esa Orolbo‘yida minglab insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi