Oqtovda O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Sentabr 21, 2026. 19:30 • 1 daq

118
Oqtovda O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Oqtovda O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Oqtovda O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

OQTOV,-21-sentyabr. /»Dunyo» AA/. Qozog‘istonning Oqtov shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan rasmiy qabul marosimi va tantanali tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirda mahalliy hokimiyat va diplomatik korpus vakillari, jamoat arboblari, vatandoshlar hamda «Mangistau TV» telekanali ijodiy jamoasi ishtirok etdi.

Rasmiy marosim O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari sadolari ostida tantanali ravishda ochildi.

Qozog‘iston rasmiy doiralari vakillari O‘zbekistonning 35-yillik mustaqillik taraqqiyoti davomida, ayniqsa so‘nggi o‘n yillikda erishgan yuksak yutuqlarini alohida e’tirof etdilar. Ta’kidlanganidek, mamlakatimizning ochiqlik va yaxshi qo‘shnichilik siyosati xalqaro hamjamiyat tomonidan keng tan olindi. Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari o‘zaro hurmat ruhida izchil rivojlanayotgani alohida qayd etildi.

Bayram tadbiri davomida mehmonlarga so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va turli sohalarda erishilgan yutuqlarni aks ettiruvchi maxsus videolavhalar namoyish etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish